Joau Mariu: "Ukrainani maqtash kerak!"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 427

Kievda Portugaliya Ukraina terma jamoasiga 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
Roman Yaremchuk va Andrey Yarmolenkolarning gollariga Evropa chempionlari Krishtianu Ronaldoning goli bilan javob berdi.
"Biz yutqazishga odatlanmaganmiz. Portugaliya har doim juda raqobatbardosh. Biz g'alaba qozonishga harakat qildik, vaziyatlarni yaratdik. Balki omadimiz kelmagandir", - dedi Portugaliya milliy jamoasi yarim himoyachisi Joau Mariu A Bola nashriga.
"Uchrashuvning boshida ochko yo'qotsangiz, bu yanada qiyinlashadi, ammo biz yaxshi javob berdik. Menimcha, biz Ukrainani maqtashimiz kerak", - deya qo'shimcha qildi Mariu.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
233