Grizmann: "Omad bizni tark etdi va endi biz uni qaytarishimiz kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371

Frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann Evro-2020 saralash doirasidagi Turkiyaga qarshi uchrashuvdan (1:1) olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
"Biz mukammal futbol namoyish etmayapmiz. Aytishimiz mumkinki, omad bizni tark etdi va endi uni qaytarishimiz kerak. To'p shunchaki darvozaga kirmaydi. Bu futbol. Siz sabr-toqatli bo'lishingiz va klublarda ko'proq ishlashingiz kerak.
Hali ikkita uchrashuvimiz bor. Biz Moldaviya va Albaniyani mag'lub etishimiz kerak. Yana ikkita uchrashuv va shundan keyin biz nishonlashimiz mumkin", - dedi hujumchi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
196