Evro-2020 saralash. «V» guruhi. Ukraina Evropa chempionatida, Serbiya Portugaliyaga yaqinlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 403

Evro-2020 saralash bosqichida "V" guruhida qit'a chempionatini qo'lga kiritgan dastlabki jamoaning nomi aniq bo'ldi — Shvechenko boshqaruvidagi Ukraina.
Ukrainlar safarda Portugaliya bilan durang o'ynagan edilar, ular bu safar Kievdagi "Olimpiyskiy" stadionida Ronaldu va uning jamoasini mag'lub etishning uddasidan chiqishdi.
Serbiya esa mehmonda Litvadan ustun kelib, o'z ochkolarini 10taga etkazib oldi. Endi Portugaliya serblardan 1 ochko oldinda bormoqda. Noyabr oyida portugallarni Litva va Lyuksemburgga qarshi qiyin bo'lmagan o'yinlar kutib turibdi. Serbiya esa Lyuksemburg va Ukrainaga qarshi to'qnash keladi.
Evro-2020 saralash
"V" guruhi, 8-tur
Litva – Serbiya 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 48 Mitrovich, 0:2 – 53 Mitrovich, 1:2 – 79 Kazlauskas.
Litva – Chernyauskas, Baravikas, Klimavichyus, Girdvaynis, Lasitskas, Mikolyunas, Shimkus, Verbitskas (Julpa, 56), Vorobev, Matulyavichyus (Laukjyamis, 64), Golubitskas (Kazlauskas, 73).
Serbiya – Dmitrovich, Milenkovich, Mladenovich, Miletich, Kolarov, Maksimovich, Kostich (Gachinovich, 46), Milivoevich (Lukich, 72), Lyayich (Gudel, 85), Radonich, Mitrovich.
Ukraina – Portugaliya 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 6 Yaremchuk, 2:0 – 27 Yarmolenko, 2:1 – 72, penalti Ronaldu.
Ukraina – Pyatov, Mikolenko (Plastun, 90), Krivtsov, Matvienko, Zinchenko, Marlos (Konoplyanka, 63), Karavaev, Malinovskiy, Stepanenko, Yarmolenko, Yaremchuk (Kovalenko, 73).
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Ruben Diash, Semedu, Gerreyru, Danilu Pereyra, Joau Mariu (Bruma, 68), Gedesh (Joau Feliks, 46), Moutinyu (Brunu Fernandesh, 56), Bernardu Silva, Ronaldu.
Chetlatish: Stepanenko (72).
| 1 | Ukraina | 7 | 6 | 1 | 0 | 15-2 | 19 |
| 2 | Portugaliya | 6 | 3 | 2 | 1 | 14-6 | 11 |
| 3 | Serbiya | 6 | 3 | 1 | 2 | 12-13 | 10 |
| 4 | Lyuksemburg | 6 | 1 | 1 | 4 | 5-11 | 4 |
| 5 | Litva | 7 | 0 | 1 | 6 | 5-19 | 1 |

Bosh sahifaga
197