Tedesko «Spartak» murabbiyiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 389

Germaniyaning "Shalke" klubi sobiq ustozi Domeniko Tedesko Moskvaning "Spartak" klubiga bosh murabbiy qilib tayinlandi.
Tedesko yangi jamoasi bilan 2 yillik shartnomani imzoladi, uning maoshi 1,5 million evro qilib belgilandi.
Ma'lumot uchun, 34 yoshli mutaxassis Italiya va Germaniya fuqaroligiga ega. U 2017 yildan 2019 yil mart oyigacha "Shalke" klubini boshqargan edi. 2017/18 mavsumida u jamoasi bilan Germaniya chempionatida 2-o'rinni egallagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq "Spartak" qoniqarsiz natijalar tufayli belaruslik mutaxassis Oleg Kononov bilan xayrlashgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246