O'rtoqlik o'yini. O'zbekiston U23 Janubiy Koreyani mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 308

Janubiy Koreya va O'zbekiston olimpiya terma jamoalari o'rtasida ikkinchi o'yin bo'lib o'tdi. Bu safar Drulovich shogirdlari g'alaba qozonishga muvaffaq bo'lishdi.
Uchrashuvning 29-daqiqasida tomonidan urilgan gol evaziga Vu Yong Jeong tomonidan urilgan gol evaziga hisobni ochishdi.
Ikkinchi bo'lim boshida vakillarimiz tomonidan uyushtirilgan hujum samarali yakunlandi. Mezbon himoyachilar qaytargan to'pni Ilhom Alijonov jarima maydoni ichida chizig'i ustida egallab, darvoza tomon unchalik kuchli bo'lmagan zarba berdi. To'p esa yo'l-yo'lakay Abduxoliqovga tegib, to'rga borib tushdi.
Butun o'yin davomida har ikkala jamoa hujumkor o'yin namoyish qilishdi. To'p maydon markazida saqlanib qolmadi. O'yin tugashiga 9 daqiqa qolganida o'zbekistonliklar raqib xatosidan foydalanib, qarshi hujum tashkil qilishdi. Jasur Yaxshiboev esa ikki himoyachi orasida aniq zarba berib, olis burchakni ishg'ol qildi. Bu gol olimpiyachilarimizga g'alaba keltirdi.
Bundan 3 kun avval bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda O'zbekiston U23 terma jamoasi bir bo'limdan ortiqroq vaqt mobaynida bir kishi kam bo'lib o'ynab, 1:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Xalqaro o'rtoqlik o'yini
JANUBIY KOREYa U23 – O'ZBEKISTON U23 1:2
Gollar: Vu Yong Jeong (29) - Bobir Abdixoliqov (48), Jasur Yaxshiboev (81)
O'zbekiston: Abduvohid Ne'matov, Islom Qobilov, Abdulla Abdullaev, Nurillo To'xtasinov, Jasur Yaxshiboev, Bobur Abduxoliqov, Oybek Rustamov, Husniddin Aliqulov, Ilhom Alijonov, Shahboz Jo'rabekov, Oybek Bozorov

Bosh sahifaga
189