O'zbekiston kubogi finaliga “Lokomotiv” stadioni mezbonlik qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 433

2019 yilgi O'zbekiston kubogining final uchrashuvi 26 oktyabr sanasida bo'lib o'tadi.
26 sentyabr kuni bo'lib o'tgan yarim final uchrashuvlari natijasiga ko'ra AGMK hamda “Paxtakor” klublari final chiptasiga ega chiqishgandi. Mazkur klublar bir yil avval ham hal qiluvchi o'yinda ishtirok etgan bo'lib, yakunda AGMK o'z tarixida ilk bor kubok sohibiga aylangandi.
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi kubok finalini yuqorida saviyada tashkil etish maqsadida, shuningdek, har ikki jamoa muxlislarida final o'yinini bevosita stadionidan tomosha qilish uchun imkoniyat ko'proq bo'lishini inobatga olib, final bellashuvini “Lokomotiv” stadionida o'tkazish variantida to'xtaldi. Uchrashuv 17:00 da start oladi.
Final o'yini oldidan har ikki jamoa bosh murabbiylari hamda klublarning etakchi futbolchilari ishtirokida matbuot anjumani o'tkaziladi. O'yinoldi tadbirlar manzili yaqin kunlar ichida e'lon qilinadi.

Bosh sahifaga
268