Roberto Manchini: "Men De Rossi va Buffonni terma jamoaga chaqirmoqchiman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 566

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini "Boka Xuniors" jamoa yarim himoyachisi Daniele de Rossi va "Yuventus" darvozaboni Janluidji Buffonlarni terma jamoaga chaqirishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Ular 2006-yildagi so'nggi ikki chempionlar, ular hozir ham to'p surmoqda. Jiji uchun biz Gollandiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinida xayrlashuv uchrashuvini tashkil etib bergan edik. Daniele ham ushbu terma jamoaga chaqirilishi mumkin edi, ammo uning jarohati bor.
Albatta, biz Kastrovilli, Tonali va Di Lorentso kabi yosh futbolchilarni ham sinab ko'ramiz, chunki biz ularning debyutini xohlaymiz, boshqalar ham bor. Ammo biz guruhdagi natijani yaxshi yakunlashimiz kerak", - dedi Manchini.

Bosh sahifaga
230