Shevchenko: "Ertangi uchrashuvda ikki jamoa ham g'alaba uchun o'ynaydi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 462

14-oktabr, dushanba kuni Ukraina milliy terma jamoasi Kievda Portugaliyaga qarshi Evro-2020 saralash uchrashuvini o'tkazadi.
Eslatib o'tamiz, 11-oktabr kuni Ukraina V guruhida Litva terma jamoasiga qarshi ettinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Uchrashuv ukrainaliklarning g'alabasi bilan yakunlandi - 2:0.
Andrey Shevchenko Ukraina terma jamoasi Portugaliyaga qarshi o'z uslubida o'ynashi muhimligini ta'kidladi.
"Biz ertaga Evropa chempioni va Millatlar Ligasi g'olibi bilan to'qnash kelamiz, bu ajoyib jamoa, yaxshi tayyorlangan, tarkibida tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri to'p suradi. Biz uchun o'z uslubimizda o'ynashimiz juda muhim, ertangi uchrashuvda anshlag bo'ladi deb umid qilamiz. Agar chipta olishga vaqtingiz bo'lmagan bo'lsa, sizni chiptalarni sotib olishga taklif qilaman" - dedi Shevchenko.

Bosh sahifaga
325