“Universal Jumping Agro” konkur bo'yicha xalqaro musobaqaga mezbonlik qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360

Poytaxtimizdagi muhtasham “Universal Jumping Agro” ot sport klubida FEI JUMPING WORLD CHELLENGE xalqaro musobaqasi o'tkazildi. Mazkur musobaqa Jahon kubogining sirtqi bosqichlaridan biri hisoblanib, o'zida mohir konkur ustalarini jamlaydi.
Reglamentga ko'ra, 3 bosqichning mutlaq g'olibi kelasi yil Jahon kubogining final yo'llanmasini qo'lga kiritish imkoniyatiga ega. Shu bois ham bellashuvlar bir-biridan qiziqarliligi bilan ajralib turdi. 130 sm balandlikdagi to'siqlarda “Samira” tulporida harakat qilgan Abdushukur Sobirjonov, 120 sm. balandlikda kechgan esa Mirzohid Musaev g'alaba qozondi.
A kategoriyasi: 130 sm
1. Abdushukur Sobirjonov – SAMIRA
2. Jasur Xotambekov – CHARIZMA
3. Saidamirxon Turg'unboev – CHIKAN
V kategoriyasi: 120 sm
1. Mirzohid Musaev – GANS
2. Ismoil O'tkurov – REYS
3. Abror Karimov – CHARLIZE THERON
Musobaqaning ikkinchi turi 20 oktyabr kuni o'tkaziladi.

Bosh sahifaga
288