O'zbekiston U-19 terma jamoasi Tailandda bo'lib o'tgan “GSB Bangkok Cup” musobaqasining 3-o'rin uchun bahsida mezbonlar bilan to'qnash kelib, kichik hisobda g'alaba qozondi. Jasur Jaloliddinov uchrashuvga qo'shib berilgan daqiqalarda olis masofadan aniq zarba yo'llab, uchrashuv taqdirini hal qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!