«Arsenal» Obameyang bilan shartnomani uzaytirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 336

«Arsenal» klubi hujumchi Per-Emerik Obameyang bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Tomonlar bu borada muzokaralar olib borishmoqda. "Kanonirlar" gabonlik futbolchiga 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnoma taklif qilishmoqda.
Obameyangning hozirgi shartnomasi 2021 yilga qadar tuzilgan. Hujumchi Angliya premer-ligasining sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi.
Obameyang sentyabr oyida APL doirasida 4ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga muvaffaq bo'ldi. Futbolchi uchun bunday sovrin faoliyatidagi ikkinchisi hisoblanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
234