Evro-2020 saralash. «J» guruhi. Italiya yo'llanmani hal qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 330

Evro-2020 saralash bosqichi doirasida 7-tur o'yinlari yakunlandi.
«J» guruhida ishtirok etayotgan Italiya terma jamoasi muddatidan avval Evropa chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi. "Moviy gvardiya" o'z uyida bo'lib o'tgan Gretsiyaga qarshi o'yinda yashil formada harakat qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Mezbonlar har ikkala golni ikkinchi bo'limda urishdi. Shu tariqa, "skuadro adzurra" 7ta o'yinning barchasida g'alaba qozondi. Italiyaliklar 2-o'rindagi Finlyandiyadan 9 ochkoga ilgarilib ketishdi. Saralash bosqichi yakunlanishiga 3ta tur qolgan bo'lsa-da, finlar o'zaro o'yinlar natijasiga ko'ra Italiyadan o'tib keta olishmaydi.
Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi o'z uyida Finlyandiyani mag'lub etib, o'z ochkolarini 10taga etkazib oldi. Armaniston esa autsayder Lixtenshteyn maydoniga safar qilib, g'alabani qo'ldan chiqardi hamda muhim bo'lgan 2 ochkodan mahrum bo'lishdi. Aks holda armanlar o'z ochkolarini 12taga etkazib, ikkinchi yo'llanma uchun asosiy da'vogarlardan biriga aylanishi mumkin edi.
Shu tariqa, bu guruhda ikkinchi yo'llanma uchun Finlyandiya, Bosniya va Gertsegovina, Armaniston termalari kurash olib borishadi.
Evro-2020 saralash
«J» guruhi, 7-tur
Bosniya va Gertsegovina – Finlyandiya 4:1 (2:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 29 Xayrovich, 2:0 – 37, penalti Pyanich, 3:0 – 58 Pyanich, 4:0 – 73 Xodjich, 4:1 – 79 Poxyanpalo.
Bosniya va Gertsegovina – Shexich, Kovachevich, Bichakchich, Kolashinats, Kvrjich, Tsimirot, Pyanich (Krunich, 76), Goyak, Sarich (Yayalo, 71), Vishcha (Xayrovich, 18), Xodjich.
Finlyandiya – Gradetski, Uronen, Raytala, Toyvio, Arayuuri (Vyaysyanen, 30), Sparv (Kauko, 71), Kamara, Lod, Soyri (Poxyanpalo, 46), Pukki, Tuominen.
Italiya – Gretsiya 2:0 (0:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 63, penalti Jorjino, 2:0 – 78 Bernardeski.
Italiya – Donnarumma, Bonuchchi, Spinatstsola, Acherbi, D`Ambrozio, Barella (Dzanolo, 87), Verratti, Keza (Bernardeski, 39), Jorjino, Insine, Immobile (Belotti, 79).
Gretsiya – Pasxalakis, Bakakis, Xatsidyakos, Siovas, Stafilidis, Buxalakis (Yannulis, 75), Zeka, Bakasetas (Mantalos, 79), Kurbelis, Limnios, Kuluris (Donis, 67).
Lixtenshteyn – Armaniston 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 19 Barsegyan, 1:1 – 72 Frik.
Lixtenshteyn – Byuxel, Kaufmann, Geppel, Malin, Rexshtayner, Mayer (Yiildiiz, 70), Polverino (Zele, 83), Gubser (Frik, 67), Byuxel, Salanovich, Xasler.
Armaniston – Ayrapetyan, Ambartsumyan, Ovanesyan, Ishxanyan, Aroyan, Kazaryan (Ozbiliz, 88), Ovsepyan (Miranyan, 83), Barsegyan, Pitstselli (Malakyan, 60), Adamyan, Karapetyan.
| 1 | Italiya | 7 | 7 | 0 | 0 | 20-3 | 21 |
| 2 | Finlyandiya | 7 | 4 | 0 | 3 | 9-8 | 12 |
| 3 | Bosniya-Gertsegovina | 7 | 3 | 1 | 3 | 16-12 | 10 |
| 4 | Armaniston | 7 | 3 | 1 | 3 | 13-12 | 10 |
| 5 | Gretsiya | 7 | 1 | 2 | 4 | 7-12 | 5 |
| 6 | Lixtenshteyn | 7 | 0 | 2 | 5 | 2-20 | 2 |

Bosh sahifaga
234