«Barselona»ning qaysi o'yinchi mashinasini qo'ygan joyini esdan chiqarib qo'yadi? (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 465

«Barselona»nig frantsiyalik futbolchilari — Usmon Dembele, Samuel Umtiti, Kleman Langle, Jan-Kler Todibo va Antuan Grizmann klubning Yutubdagi kanali orqali translyatsiya qilingan "Most Likely To" nomli shou-dasturda ishtirok etishdi.
Dastur davomida ularga bir nechta savollar berildi va futbolchilar o'z javoblarini qog'ozga yozib ko'rsatishdi.
"Aeroport tomon yo'l olishdan oldin qaysi futbolchi o'z pasportini unutib qoldiradi?", degan savolga barcha o'yinchilar Dembelening ismini yozishdi, Usmonning o'zi esa Grizmannga "ovoz berdi".

"Mashinasini qaerga qo'yganini kim esidan chiqarib qo'yadi?", degan savolga ham futbolchilar yana shunday javob berishdi. To'rt nafar o'yinchi Usmonni tanlashgan bo'lsa, Dembelening o'zi Umtiti, deya javob berdi.


Bosh sahifaga
231