Lukaku Qozog'istonga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 379

"Inter" hujumchisi Romelu Lukaku ertaga bo'lib o'tadigan Qozog'iston - Belgiya Evro-2020 saralash o'yinida ishtirok etmaydi.
KazFootball.kz xabariga ko'ra, 26 yoshli hujumchi terma jamoa bilan Nur-Sultonga uchmadi.
Eslatib o'tamiz, San-Marinoga qarshi o'tgan o'yinda (9-0) Lukaku dubl qayd etgan va Belgiya terma jamoasi uchun 50 dan ortiq to'p kiritgan birinchi futbolchiga aylangan edi.
Evro-2020 saralashining 8-tur Qozog'iston - Belgiya uchrashuvi ertaga, "Astana Arena"da bo'lib o'tadi.
Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
213