Lukaku terma jamoada bu natijaga Messi, Ronaldu va Ibrahimovichga nisbatan ertaroq erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371

Belgiya terma jamoasi hujumchisi Romelu Lukaku Evro-2020 saralash bosqichi doirasida San-Marino darvozasini ishg'ol qildi. Bu uning terma safidagi 50-goli bo'ldi.
"Inter" futbolchisi bunday natijaga Lionel Messi va Krishtianu Ronalduga nisbatan ertaroq erishdi. Lukaku 26 yoshda bunday marrani zabt etdi. Zlatan Ibrahimovich 32, Messi — 28, Ronaldu esa 29 yoshida o'z termalari safida 50ta gol urishgan.
Romelu Belgiya terma jamoasidagi ilk golini 2010 yilda urgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
267