«Liverpul» futbolchisi ikki haftaga diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 663

"Liverpul" yarim himoyachisi Xarvi Elliott "Tottenxem" hujumchisi Xarri Keynni haqorat qilgani uchun ikki haftaga diskvalifikatsiya qilindi. Angliya futbol assotsiatsiyasi shunday qaror qabul qildi.
Evropa chempionlar ligasi final bahsidan keyin yosh futbolchi Snapchat'ga video joylab, Keynni "ahmoq" deya haqorat qilgan edi. Keyinchalik 16 yoshli futbolchi uzr so'radi, ammo futbol assotsiatsiyasi bu voqeani nazardan qochirmadi.
Natijada Elliott 14 kunga — 25 oktyabrga qadar futboldan chetlatildi. Shuningdek, futbolchi 350 funt miqdorida jarima to'laydi va o'quv kursida ta'lim oladi.
Eslatib o'tamiz, Elliott yozgi transfer paytida "Liverpul" a'zosiga aylangan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
263