Eldor Shomurodov xorij matbuoti e'tiborida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 784

Rossiyaning «Rostov» klubi va terma jamoamiz hujumchisi Eldor Shomurodov o'z o'yini bilan nafaqat Rossiya balki xorij futbol mutaxassislarining ham e'tibor markazida turibdi. Hozirda hamyurtimiz haqida xorijlik mutaxassislar tomonidan Tvitterda bildirilayotgan fikrlarni sizlar uchun tarjima qildik va e'tiboringizga taqdim etamiz.
Emanuel Essi
Eldor «Rostov»ning chinakam motoriga aylnib bormoqda. Ajoyib futbolchi!!!
Davide Akuafreska
«Rostov»da umuman olganda chinakam hujumkor futbolchilar jamlangan, Agarda ushbu jamoaning maydon markaziga Noboani qo'shib qo'yganimizda, yanada daxshatli kuchga aylangan bo'lar edi.
Italiyaning mashxur «Kalchio Sovetiko group» (ushbu guruh sobiq ittifoq hududida to'p suruvchi iqtidorli futbolchilar haqida ma'lumot yig'ish bilan shug'ulanadi) mutaxassislari tomonidan keltirilgan iqtiboslar bilan tanishining
Leandro Meano
U yaxshi futbolchi. Shomurodov hozirda nafaqat klubda balki, terma jamoada ham ajoyib o'yinlar namoyish etmoqda.
Fabritsio Lofredo
Aslida Shomurodovning «Rostov» klubi safida ko'rsatayotgan o'yinlaridan ajablanmaslik zarur. Darhaqiqat, «Rostov» yaqindagina YChLda shov-shuv ko'targan klub hisoblanadi.
Antonio Salvatore
Ochig'I Shomurodovni «A tseriya»da ko'rishni xohlayapman. Hozir Rossiyada Shomurodov va Azmun kuchliroq chempionatga o'tish uchun etilib bo'ldi. O'ylashimcha, Shomurodov Italiyaning o'rtamiyona klubida o'ynab keta oladigan darajada potentsialga ega. Bu futbolchilar yosh bo'lsada, juda tajribali hisoblanadi. Ular o'zlarini kuchliroq ligalarda sinab ko'rish vaqti keldi. Agar yana uzoq muddat RPLda to'p surishsa, Dzagoev singari o'sha erda qolib ketishlari aniq.
Nuno Serash («Sporting» klubi skautlaridan biri)
Eldor Shomurodov! Mana kimni jamoaga olib kelish kerak!!!
Muharrem Kaglayan
Aytishlaricha «Galatasaroy» Tianeni «Al Nasr» klubiga 12 million evro evaziga sotib yuborishi mumkin ekan. Ushbu transferdan so'ng, Mitrogluni ham butunlay sotib yuborish zarur. Ushbu transferlardan tushgan pulga Eldor Shomurodovni harid qilish lozim. Aynan u Radamel Falkao bilan ajoyib tandem xosil qilishi mumkin.
Martin Luengo
Shomurodov Osiyo qit'asida kuchli va ajoyib futbolchilarni toppish mumkinligini barchaga isbotlab qo'ydi. Evropa klublari Osiyo transfer bozorini yaxshilab kuzatishlari shart. Ana shundagina bizda yorqin yulduzlar yanada ko'proq paydo bo'ladi.
Joel Amureem
Nima ham derdik! Sevimli O'zbekistondan! Shomurodov gol urishni davom ettirmoqda va Rossiyalik muxlislarning hurmatini qozonmoqda. O'z vaqtida Arshavin, Mostavoy va Kanchelskis Evropa darajasidagi yulduzlarga aylangan edi. Balki, yana bir yorqin futbolchining navbati kelgandir?!
Aleks Pyat
Rossiyada yangi to'purarlar paydo bo'lmoqda. Ular haqida avvallari hech kim eshitmagan ham. Shomurodov va Sobolev merganlar poygasida peshqadamlik qilishmoqda. Eng qizig'I shundaki, ular Moskva klublarida to'p surishmayapti va «Zenit» a'zosi emas. Shuning o'zi muxlislarda qiziqish uyg'otmoqda. Ushbu qahramonlarning kelajagi qanday ko'rinish olishi hozir barchada qiziqish uyg'otmoqda.
Tomas Danichek
Qarangga, Eldor Shomurodovda allaqachon 10 ta gol bor va bu gollarni kiritish uchun unga atigi 12 ta o'yin kerak bo'ldi, Bu gollarning barchasi o'yindan kiritilgan va birorta penaltidan urilgan gollar yo'q. Rossiya chempionatida birorta legioner futbolchi 12 ta turda 10 ta gol kiritishning uddasidan chiqmagan. Bunaqasi xali bo'lmagan! 9 yil avval Veliton 13 ta o'yindan so'ng, 10 gol kiritishga muvaffaq bo'lgan edi. Dumbiya ikki bor 14 ta turda 10 gol kiritishni uddalagan, xolos.
Ruben
Shomurodovning gollarida hayratga tushishning xojati yo'q. Axir uni afsonaviy Valeriy Karpin shug'ullantirmoqda. U Isaniya futbolining chinakam yulduzi!
«Skaut global» guruhi
12 ta uchrashuv 10 ta gol va ikkita golli uzatma! Bu shunchaki fantastika! Shomurodov yangi yulduz!

Bosh sahifaga
247