Marlos «Shaxtyor»ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 317

Ovoz berish natijalariga ko'ra, Marlos "Shaxtyor"ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi bo'ldi, deya xabar beradi jamoa rasmiy sayti.
31 yoshli futbolchi mumkin bo'lgan 7808 ta ovozdan 3228 ta ovoz to'pladi.
"Barcha muxlislarga ovozlari uchun minnatdorchilik bildiraman. "Shaxtyor" bilan shu qadar ko'p unvon va yakka sovrinlarni qo'lga kiritganimdan juda xursandman. Men har kuni jamoadoshlarimga yordam berish va jamoa bilan birga katta maqsadlarga erishish uchun astoydil harakat qilaman", - dedi Marlos.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
250