O'rtoqlik uchrashuvi. Braziliya Senegal bilan durang o'ynadi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1740

Braziliya terma jamoasi bugun Senegalga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi. Uchrashuvda Singapurda bo'lib o'tdi.
Bahsning 9-daqiqasida Roberto Firmino aniq zarba evaziga hisobni ochdi. Taym tugash arafasida "pentakampeonlar" darvozasi tomon penalti belgilandi. Dediu 11 metrli jarima zarbasidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi.
Ikkinchi bo'limda darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Bugungi o'yinda maydonga tushgan Neymar Braziliya terma jamoasi safida 100-o'yinni o'tkadi.
O'rtoqlik uchrashuvi
Braziliya – Senegal 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 9 Firmino, 1:1 – 45, penalti Dediu.
Braziliya – Ederson, Dani Alves, Aleks Sandro (Lodi, 79), Markinos, Tiago Silva, Koutino (Risharlison, 72), Artur (Mateus Enrike, 68), Kazemiro, Neymar, Gabriel Jezus, Firmino (Everton, 59).
Senegal – Gomis, Kulibali, Koli, Sane, Gassama, Sarr (Tiub, 90), Kuyate (Sarr, 66), Mane, Guye (Ndiaye, 79), Diatta, Dediu (Diallo, 78).
Ogohlantirishlar: Markinos (45), Kuyate (50), Kulibali (67), Aleks Sandro (71).

Bosh sahifaga
243