O'rtoqlik o'yini. Germaniya – Argentina – 2:2 (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 383

Germaniya va Argentina terma jamoalari Dortmundda o'rtoqlik o'yinini o'tkazishdi.
Germaniyaliklar birinchi bo'lim o'rtalarigacha Gnabri va Xavertts tomonidan urilgan gollar evaziga oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi bo'limning ikkinchi yarmida esa "albiseleste" mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Alario va Okampos raqib darvozasiga yo'l topa olishdi.
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi diskvalifikatsiya tufayli mazkur o'yinda Argentina terma jamoasiga yordam bera olmadi.
O'rtoqlik o'yini
Dortmund, Germaniya
Germaniya – Argentina 2:2 (2:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 15 Gnabri, 2:0 – 22 Xavertts, 2:1 – 66 Alario, 2:2 – 85 Okampos.
Germaniya – ter Stegen, Klostermann, Xalstenberg, Zyule, Kimmix, Emre Jan, Xavertts (Rudi, 83), Brandt (Amiri, 66), Gnabri (Serdar, 72), Kox, Valdshmidt.
Argentina – Marchesin, Otamendi, Talyafiko, Foyt, Roxo (Akunya, 46), Paredes, Pereyra (Saraviya, 76), de Paul (Rodriges, 90), Korrea (Okampos, 46), Martines, Dibala (Alario, 62).
Ogohlantirishlar: Kimmix (11), Otamendi (26), de Paul (30), Okampos (84).

Bosh sahifaga
211