O'zbekiston U19 bugun Tailandda mashg'ulot o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 348

Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Tailandda o'tadigan “GSB Bangkok Cup” musobaqasiga yo'l olganidan xabaringiz bor. Bugun O'zbekiston U-19 terma jamoasi Tailandda mashg'ulot o'tkazdi.
Ta'kidlash joiz, musobaqada, shuningdek, Janubiy Koreya, Tailand va Vetnam yoshlar terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishadi.
Ertaga vakillarimiz Janubiy Koreya U19 termasi bilan bahs yuritishadi. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 13:00da bo'lib o'tadi.
Musobaqa 2 ta o'yin kunidan iborat bo'lib, yarim finalda g'olib chiqqan jamoalar chempionlik uchun, yarim finalda mag'lub bo'lganlar esa 3-o'rin uchun o'yinda maydonga tushishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
310