Aliboev va Shomurodov MTJ mashg'ulotlariga qo'shildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 375

Bilasiz, O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inni davom ettirmoqda. Terma jamoamiz safida mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan Lutfulla To'raev murabbiylar qaroriga asosan milliy jamoa lagerini tark etdi. Bugundan boshlab To'raev mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti.
Qolaversa, legionerlarimiz Ikrom Aliboev va Eldor Shomurodov ham bugundan terma jamoa mashg'ulotlarida ishtirok eta boshladi.
Shuningdek, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Janubiy Koreyaga yo'l olishi haqida xabar bergan edik. Koreyaga ketish oldidan shamollab qolgan Oston O'runov o'rnini Mashxurjon Muhammadjonov egalladi va shu tariqa "Nasaf" darvozaboni Koreyaga yo'l oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
189