Manchini Buffonni Italiya terma jamoasiga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 453

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini darvozabon Janluiji Buffonni terma jamoaga chaqirishni rejalashtirmoqda.
Manchini terma jamoa muddatidan oldin Evro-2020 yo'llanmasini qo'lga kiritadigan bo'lsa, Buffon bilan Italiya terma jamoasi safida xayrlashuv uchrashuvini o'tkazishni o'ylamoqda, deb xabar beradi Gazzetta dello Sport.
O'tgan yili 41 yoshli darvozabon terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi va shu bilan yosh darvozabonlarga o'zaro raqobatlashishiga imkon berdi.
Buffon Italiya terma jamoasi uchun so'nggi o'yinini 2017 yilning noyabrida Shvetsiya jamoasiga qarshi o'tkazgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
184