Shvaynshtayger faoliyatini yakunlashini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 390

Germaniya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Bastian Shvaynshtayger faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
«Mavsum oxirida futbolchilik faoliyatimni yakunlayman. Hammaga va men o'ynagan barcha jamoalarga rahmat aytmoqchiman: "Bavariya", "Manchester Yunayted", Chikago va Germaniya terma jamoasi», - deb yozdi Shvaynshtayger Instagramdagi sahifasida.
Ma'lumot uchun, "Bavariya" tarkibida Shvaynshtayger sakkiz karra Germaniya chempioni bo'ldi va 2013 yilda Chempionlar Ligasini qo'lga kiritdi.
Terma jamoa tarkibida u 121 ta o'yin o'tkazib, 24 ta gol urdi, Jahon chempionatida oltin (2014 y) va bronza (2006, 2010 y), 2008 yildagi Evropa chempionatida kumush medallariga sazovor bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
182