Osiyo kubogida ishtirok etgan velosportchilarimiz kutib olindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 367

7-10 oktyabr kunlari Tailandning Supxan Buri shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha Osiyo kubogining navbatdagi bosqichi bo'lib o'tdi. Ushbu musobaqada terma jamoamiz vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 ta oltin, 1 ta kumush va 12 ta bronza medallarini jamg'arishdi.
Bugun masobaqada ishtirok etgan hamyurtlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida kutib olindi. Vakillarimizni kutib olish marosimida Milliy olimpiya qo'mitasi, O'zbekiston velosiped sporti federatsiyasi vakillari va OAV xodimlari qatnashdi.
Terma jamoamiz vakillari endilikda 17-21 oktyabr kunlari Janubiy Koreyada o'tkaziladigan Osiyo chempionatiga hozirlikni boshlab yuborishadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
335