«Sampdoriya» bosh murabbiyi iste'foga chiqarildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371

"Sampdoriya" bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko o'z lavozimini tark etdi.
Genuya klubi rahbariyati qoniqarsiz natijalar tufayli uni iste'foga chiqardi. Di Franchesko bir yillik maoshi – 1,8 million evro miqdorida kompensatsiya oladigan bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, 49 yoshli italiyalik mutaxassis yozda "Sampdoriya" bilan 2022 yilga qadar mo'ljallangan shartnomani imzolagan edi. Uning qo'l ostida jamoa A Seriyaning 7ta o'yinida 1 marta g'alaba qozonib, 6 marta yutqazdi va so'nggi o'ringa tushib ketdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
299