«Barselona»ning transferlardan katta qarzi mavjud
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 679

"Barselona" o'tgan mavsum uchun moliyaviy hisobotni e'lon qildi.
AS tarqatgan xabarga ko'ra, kataloniyaliklar avvalgi yillarda amalga oshirilgan transferlardan 260,7 million evro miqdorida qarzi mavjud. Jumladan, Filippe Koutinoning transferi uchun "Liverpul"ga 94,6 million evro, Malkomning transferi uchun "Bordo"ga 30,3 million evro pul to'lanmagan.
Bundan tashqari, "Barselona" hali Arturo Vidal uchun "Bavariya" (10,9 mln evro), Neto uchun "Valensiya" (31,4 mln) va Frenki de Yong uchun "Ayaks" (48,7 mln) bilan hali to'liq hisob-kitob qilib bo'lmagan.
Shuningdek, hisobotga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" o'z futbolchilarining savdosidan 75,3 million evro pul olishi kerak.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
162