«MYu» rahbariyati Sulsherni iste'foga chiqarmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 579

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yaqin orada o'z lavozimini tark etmaydi. Daily Mail tarqatgan xabarga ko'ra, «MYu» rahbariyati norvegiyalik mutaxassissga ishonishda davom etadi. Shu bois, uni ishdan bo'shatmaydi.
Sulsherni klub xo'jayini — Gleyzerlar oilasi va jamoa vitse-prezidenti Ed Vudvord qo'llab-quvvatlamoqda. «Yunayted» hozirda o'tish bosqichini boshidan kechirayotganini jamoa rahbariyati tushunib turibdi. Yangi jamoani qurish uchun vaqt talab etiladi.
«MYu» ushbu mavsumda 11 marta maydonga tushib, 3ta o'yinda g'alaba qozondi (Angliya liga kubogi doirasida «Rochdeyl» ustidan penaltilar seriyasida qozonilgan g'alabani hisobga olmaganda).
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172