Habib Nurmagamedov: "Bizning O'zbekistonda do'stlarimiz ko'p" (intervyu)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 578

UFC chempioni Habib Nurmagamedov Sankt-Peterburgda OAV bilan bo'lib o'tgan matbuot anjumanida jurnalisltlarni qiziqtirgan savollarga javob berib o'tdi.
Navbatdagi jangigiz qachon?
Menimcha keying yilning mart yoki aprel oylarida oktagonga chiqsam kerak. Hozirda navbatdagi jangim bo'yicha muzokarlar olib borilmoqda. Qolganini vaqt ko'rsatadi.
Nima uchun aynan mart yoki aprel oylarida jang o'tkazishni rejalashtiryapsiz?
Birinchi navbatda, keyingi yili aynan aprel oylarining so'ngida muborak ramazon oyi boshlanadi. Ushbu oyga qadar jang o'tkazib olsam, ortiqcha bosimsiz bir necha oy dam olishim mumkin.
Habib sizning muxlislaringiz juda ko'p. Ularga huddi siz kabi engilmas bo'lish uchun qanday maslahat bergan bo'lar edingiz?
Bu savolga har doim mehnat, kun tartibiga rioya qilish singari javobni qaytarishim mumkin biroq, bugun eng muhim kichik bir jihatga to'xtalib o'tmoqchiman. Bilasizmi inson nimanidir oldiga maqsad qilib qo'ysa, ularga ishonmaydigan odamlar ko'payib ketadi. Ana shunday insonlar atrofida o'zini yo'qotib qo'ymagan va maqsad sari intilgan insongina muvaffaqiyatga erishadi. Agarda u insonlar uning qaroriga ta'sir o'tkazsa, agarda u ularning so'zlariga ishonsa, unda hech narsa o'xshamaydi. Men ilk bor UFC ga qadam qo'yganimda deyarli 10 yildan beri birorta rossiyalik jangchi amalga oshira olmagan ishni uddalagan edim. Birorta menendjer, birorta murabbiy mening chempion bo'lishimga ishonmagan edi. Men o'z kuchimga ishondim va hammaga qarshi chiqdim. To'g'ri, jarohatlar meni biroz oyog'imdan tortib qolgan bo'lishi mumkin lekin, men yaratganga va o'z kuchimga ishonishda davom etdim.
Nima deb o'ylasiz insonlarni dini va irqidan tashqari nimadir bog'lab turushi mumkinmi?
Menimcha yurak bog'lab turadi. Qachonki insonlar bir xil fikrlashar ekan, dunyoga bir xil ko'z bilan qarar ekan, ana shundagina ular bog'lanishlari mumkin. Qachonki ular o'zgacha o'ylashsa, qachonki o'zgacha yo'l tutishsa, demak vaqti kelib ular baribir ajralib ketadi. Dunyoga ikki xil ko'z bilan qaro'vchi insonlarni bog'lab turadigan hech qanday kuchning o'zi yo'q. Hayotdagi burilishlar chog'ida bunday insonlar ajralib ketishlariga ishonchim komil.
Toni Fergyusonga qarchi jang oldidan qanday o'zingni qanday his qilyapsan?
Toni vazn toifasidan qati'y nazar eng kuchli jangchilardan biri sanaladi. Bundan tashqari, hozirda u 12 ta jangdan beri g'alaba qozonib kelmoqda. Bu jang katta mehnat qilishim lozim. O'ylashimcha bu men oktagonga chiqqan eng kuchli raqiblarimdan biri bo'ladi. Raqibim jiddiy va mashg'ulotlar ham shunga yarasha kuchaytiriladi. Avvalgidan ko'proq mehnat qilishim talab etiladi.Eng muhimi ushbu jang amalga oshishi. Bundan avval naqd 4 bor u bilan jangimiz qoldirilgan edi. Bu jangni men ham u ham kutyapti.
Ushbu jangda uning kuchli tomoni nimada? Balki uning parterda imkoniyatlari yaxiroiidir?
O'ylashimcha parterda mendan ustun bo'la olmaydi. Aksincha u Poredan ko'ra osonroq raqibga aylanadi. Men butun umr kurashib kelganman. Ozg'in va jussasi kichik jangchilarga parterda menga qarshi juda qiyin bo'ladi.
Sizni o'zbekiston bilan nima bog'lamoqda. O'zbekistonda jang qilishingiz mumkin ekan. Shu haqida ma'lumot bera olasizmi?
Biz u erda musobaqa tashkil etamiz. Bu O'zbekistondagi ilk musobaqa bo'ladi. Janglar «Humo Arena»da bo'lib o'tishi ko'zda tutilgan. Hozirda O'zbekiston davlati bu sport turini qo'llab-quvvatlamoqda. O'zbekistonda bo'lib o'tadigan jang kechasida 7 ta o'zbekistonlik jangchi biznin sport klubimizdagi yigitlarga qarshi oktagonga chiqadi. Kechaning eng muhim janggida Umar Nurmagamedov ishtirok etadi. O'sha kuni O'zbekistonning yulduz jangchilari oktagonga chiqishi kutilmoqda. Keyinchalik ham biz u erda shunday jang kechalarini o'tkazishni rejalashtiryapmiz. Biz O'zbekistonda MMAni rivojlantirishni oldimizga maqsad qilib qo'yganmiz. Kelajakda u erda o'z akademiyamni ochishni rejalashtiryapman. Bizning O'zbekistonda do'stlarimiz va muxlislarimiz juda ko'p. Dunyoning qay chekkasida bo'lmay, o'zbeklar oldimga kelib meni qo'llab-quvvatlashlarini aytib ko'nglimni ko'tarishadi. Buning uchun adashmasam 35 million aholisi bor O'zbekistonga o'z minaddorchiligimni bildirman.

Bosh sahifaga
188