O'zbekiston Milliy antidoping agentligi mutaxassislari olimpiya terma jamoa futbolchilari uchun seminar o'tkazdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 605

Bugun futbol bo'yicha O'zbekiston olimpiya terma jamoasi a'zolari, murabbiylari va shifokorlari uchun Milliy Antidoping Agentligi mutaxassislari tomonidan “O'zbekiston sportchilari – dopingsiz, toza sport uchun” mavzusida ta'lim seminari o'tkazildi.
Seminar davomida O'zbekiston Milliy antidoping agentligining mutaxassislari tomonidan futbolchilar, ularning murabbiylari va jamoa shifokorlariga mazkur sohadagi yangiliklar, ta'qiqlangan va qabul qilish tavsiya qilinmaydigan preparatlar xususida batafsil ma'lumot berildi. Futbolchilarning bu boradagi bilim va tasavvurlari o'rganildi. Seminar davomida ularga maxsus video va interaktiv-materiallar taqdim qilindi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
167