«Barselona» Tito Vilanova haqida hujjatli film suratga oladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 727

Mundo Deportivo xabariga ko'ra, "Barselona" prezidenti Xosep Bartomeu klub sobiq bosh murabbiyi Tito Vilanova haqida tez orada film suratga olinishini e'lon qildi:
- Biz Tito Vilanova haqidagi hujjatli film ustida ishlamoqdamiz. Film "100% Tito" deb nomlanadi.
Eslatib o'tamiz, Vilanova "Barselona"da atigi bir mavsum (2012/2013) faoliyat olib borgan va La Ligada g'alaba qozongan.
Ispaniyalik mutaxassis 2014 yil 24 aprelda saraton kasalligi tufayli vafot etgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192