PRO ligadagi «VAR» yoki «aybdor» muxlislar
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 485

O'zbekiston PRO A ligasi doirasida Farg'ona shahar derbisining 2019 yildagi so'ngi to'qnashuvi ham bo'lib o'tdi.
Bu o'yindagi xakamlikni tom ma'noda muhlislar ustidan kulish desa bo'ladi. “Neftchi” o'yinchilariga to'p tushishi bilan darhol xushtakni chalinishi, bir hil qoida buzilishi uchun nominal mezbon jamoa futbolchilariga darhol sariq kartochka kursatilib, mehmonlar hatosi esa umuman e'tibordan chetda qolishlari... Hullas oldingi uch derbida ham xakamlarning “Istiqlol” jamoasiga yaqqol yon bosishlari ko'rinib turgan edi. Ayniqsa o'zini futbolchi deb ataydigan zabardast yigitlarni maydonda dumalashlariga, noyob artistlik mahoratlariga muhlislar o'rganib qolishgan ediyu, kechagi bahsdagi xurmacha qiliqlar ochiqchasiga o'zbek futboli ustidan, “Neftchi” muhlislari ustidan kulish edi. Bir daqiqani o'zida ikki marta penalti berilmasligi ham muhlislar tomonidan ortiqcha emotsiyalarsiz kutib olindi, voqealar rivoji shunday bo'lishini aytib turgan edi. Hali bular holvasi ekan. O'yinning so'ngi daqiqalaridagi xakamlik har qanday asabi mustahkam muhlisni ham quyushqondan chiqarib yuborardi. Maydon markaziga yaqin joyda raqib himoyachisini aldab o'tib darvozabon bilan yakkama yakkaga qochib ketayotgan “Neftchi” futbolchisi xakam xushtagi bilan to'xtatildi. E'tiborlisi shuki, vaziyatni yaqinginasida turgan bosh xakam o'yinni davom ettirishni ko'rsatdi, laysmen ham aralashmagan bir paytda, kutilmaganda voqeaga to'rtinchi xakam aralashdi va sof o'zbek tilida, muhlslarga eshitadigan holda qo'pollik bo'ldi, to'htating deb bosh xakamga ko'rsatma berdi va o'yin to'xtatildi. Maydondagi xakam ko'zi oldida bo'lgan narsaga ishonmasdan zahira xakamining gapiga quloq solishi, bu shunchaki o'ziga ishonchsizligimi yoki kimnidir topshirig'ini bajarishimi, tushinmay qoldik. Futboldagi noholis hakamlik haqida gapirilsa, o'n to'rtta raqibga qarshi o'ynaldi deb aytilardi. Farg'onada bu ibora yangilandi, raqiblar soni bittaga ko'payib o'n beshtaga etdi. Yaxshiyamki farg'onalik muhlislar ancha bosiq, madaniyatli. Agar maydonda boshlanib ketgan ommaviy tupolonga ular ham aralashganda ancha jiddiy muammolar kelib chiqishi tayin edi. Bunday xakamlik bilan, insoniylik faktori deb oqlaydigan bahonalar tufayli emas, aniq bir jamoa manfaati uchun atay qilinayotgan xatolar zamirida nima yotibdi. Nahotki muhlislar shunday futbol ko'rishga mahkum bo'lsalar. UFA va PFL bu xakamlikka qanday munosabat bildirar ekan bilmadim.
Shu o'rinda yana boshqa bir ko'ngilsizlik muhlislar dilini xufton qildi. Avvaliga xuquq tartibot xodimlarini ko'pligini shunchaki muhlislar o'rtasidagi tartibsizlikni olidi olish uchun deb hech kim e'tibor bermadi. Hammasi keyin boshlandi, hatto kiyinish formasiga ham amal qilmagan formali va formasiz xodimlar sigaret chekkan, semichka chaqqan va qog'ozlarni tashlagan muhlislarni ushlab jarimaga torta boshlashdi. Ular rejalarini to'ldirish uchun tashrif buyurishgan ekanlar. Ayniqsa 7-8 yoshlardagi bolani qo'lidan tortqilab chiqishgani atrofdagilarni nafratini o'yg'otdi. Yana qo'llariga bayonnomalarni ushlab olgancha masxaraomuz nazar bilan qarab turishlariga chidab turishni imkoni yo'q edi. Bilmadik ular muhlislar hammasi ham tartibbuzar va jinoyatchi deb tushinisharmikan, ahir o'yingohda etti yoshdan sakson yoshgacha bo'lgan insonlar inqiroz ko'chasidan chiqolmayotgan viloyatimiz fahri bo'lgan jamoani imkon qadar qo'llash uchun kelganlarku. To'g'ri jamoat tartibiga rioa qilish hammamizni vazifamiz, madaniyatli bo'lishimiz shart. Lekin deyarli xarobaga aylangan, o'rindiqlari sinib ketgan va yillar davomida supirilmasdan, hatto qadam bosishga ham inson xazar qiladigan o'yingohga kelib sevimli jamoalarini qo'llagan muhlislar uchun qaysi sharoit yaratib berilgan. Hattoki hojat uchun eng zarur joylar ham yo'q, bulsa ham qulf osilgan holda turadi. Har qanday noqulaylikka qaramasdan shonli “Neftchi” mizga sodiq qolgan muhlislarni aybi nima. Ulganni ustiga tepgan deb shuni aytsa kerakda. Ahir vatanparvarlik, sadoqat ham turli hil bo'ladi. Hozirgi zamonimizda qaxramonlik qilish uchun jonini hatarga qo'yish yoki kimnidir ulimdan qutqarish shart emas. Mehr oqibat, diyonat tobora tanqis bo'lib borayotgan davrda viloyatimiz sharafini, shahrimiz or nomusini himoya qilayotgan yigitlarimizga qo'ldan kelgancha dalda bo'lish, ularni yolg'izlatib qo'ymaslik ham, vatanparvarlikni, qahramonlikni bir ko'rinishi deb o'ylayman. Agar muhlislarga bo'lgan hurmatsizlik shu tahlit davom etaversa, bizning safimiz yanada ozayadi, biz ohirigacha “Neftchi” bilan birga boruvchilar, endi kimni nima deb yupatamiz. Kimlardir , yana qaytib futbolga kirsam... qabilida gapirib chiqishdi. Hullas bizga futbol kerakmi deb o'ylab qoldik.
Kozimbek

Bosh sahifaga
160