Velotrekchilarimiz uchun Tailand turniri sermahsul o'tmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 419

Ayni kunlarda Tailandning Supxan Buri shahrida velotrek bo'yicha Osiyo kubogi bahslari o'tkazilmoqda. Kecha o'tkazilgan poygalar ham terma jamoamiz uchun muvaffaqiyatli o'tdi.
Xususan, kunning birinchi yarmida Yanina Kuskova o'smirlar o'rtasida pasyut poygasida oltin, kattalar o'rtasida Diana Adelshinova bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, kunning ikkinchi yarmida Dilmurod Siddiqov ham ushbu yo'nalishda shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilib, sovrindorlardan qatoridan joy oldi. Shuningdek, Rinata Baymetova hamda Diana Adelshinova juftlikda medison bo'yicha bronza medaliga egalik qildilar.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
232