Sulsher: «Hammasiga men javobgarman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 540

“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ole Gunner Sulsher “Nyukasl”dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berib o'tdi.
“Bir nechta asosiy futbolchilarimiz yo'q edi, biroq bu o'zimizni oqlashga bahona bo'la olmaydi. Ayni damda biz musobaqa jadvalida noodatiy joydan o'rin olib turibmiz. Ba'zi o'yinchilarimizga o'zini dadil tuta olish qobiliyati hamda o'zlariga bo'lgan ishonch etishmayapti.
G'alaba uchun vaziyatlar yarata olmayapmiz. Bularning hammasiga men javobgarman. Futbolchilarning fikrlarini bir joyga jamlash kerak. Hozircha natijalarning yo'qligi ham ularga ta'sir qilmoqda”.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230