La Liga. Xames so'nggi golini ham, qaytganidan keyingi golini ham «Granada»ga urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 441

Ispaniya chempionatining 8-turidan o'rin olgan “Real Madrid” hamda “Granada” jamoalari o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi. Mazkur bahsda maydon egalari 4:2 hisobida g'alaba qozondi.
Madridliklarning 4-goliga zaxiradan o'yinga qo'shilgan Xames mualliflik qildi. Bu kolumbiyalikning “qirollik klubi”ga qaytganidan so'ng urgan ilk goli bo'ldi.
Futbolchi so'nggi bor madridliklar safida 2 yilu 5 oy 29 kun avval gol urgan edi.
O'shanda ham Xames 2017 yil 6 may kuni, aynan “Granada” darvozasini ishg'ol qilgan va dublga erishgan edi.
La Ligaga qaytgan “Granada” yana kolumbiyalik futbolchidan gol qabul qilib oldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
372