Sulsher tvitterdagi sahifasini o'chirib yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 444

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher o'zining tvitterdagi sahifasini o'chirib tashladi.
Mirror nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Evropa ligasining 2-turi doirasida bo'lib o'tgan «AZ Alkmaar»ga qarshi o'yindan (0:0) keyin muxlislar mutaxassisni tanqid qilishgani bois, murabbiy shunday qarorga kelgan. Bu uchrashuvda mankunianliklar raqib darvozasi tomon birorta aniq zarba yo'llay olishmadi.
Sulsher akkauntni o'chirishdan oldin muxlis tomonidan o'ziga bildirilgan minnatdorchilik xatini e'lon qilgan edi.
«Salom, Sem. Xabiringiz uchun rahmat. Jamoamizda o'sishni ko'rayotgan kimdir borligidan xursadman. Hujumlar albatta keladi», – deya javob qaytgan edi Sulsher ishqibozga.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
366