Donnarumma nima uchun «Jenoa»ga qarshi o'yinda ishtirok etmagani aniq bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 341

«Milan» darvozaboni Janluidji Donnarumma Italiya chempionatining 7-turi doirasida bo'lib o'tgan «Jenoa»ga qarshi o'yinda (2:1) ishtirok etmadi.
Football Italia tarqatgan xabarga ko'ra, asosiy tarkibga kiritilgan 20 yoshli futbolchi o'yinoldi mashg'uloti paytida qornida og'riq his qilib, ko'ngli behuzur bo'lgan. Murabbiylar shtabi maydonga Pepe Reynani tushirishga qaror qilgan. Ushbu posbon o'yinda raqibning murakkab bo'lmagan jarima zarbasini o'tkazib yuborib, qo'shib berilgan daqiqalarda penaltini qaytardi.
Donnarumma Italiya A seriyaning dastlabki 6ta o'yinida "Milan" darvozasini qo'riqlagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
372