Lorisning qo'li sinmagan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 593

"Tottenhem" darvozaboni Ugo Lorisning APL 8-turidan o'rin olgan "Brayton"ga (0:3) qarshi bahsda olgan jarohati og'ir emasligi ma'lum bo'ldi.
Frantsiya matbuoti xabariga ko'ra, futbolchining qo'li sinmagan va u bugun shifoxonadan uyiga ketishga ruxsat oladi.
Eslatib o'tamiz, Loris "Brayton"ga qarshi o'yinning 3-daqiqasida to'pni qaytaraman deb noqulay tarzda yiqilgan va gol o'tkazib yuborgan edi. Shundan so'ng u kislorod maskasi taqilgan holda, zambilda maydondan olib chiqildi va almashtirildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
237