Isroil Madrimov: Gennadiy Golovkinning yo'lidan ketmoqchiman
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 381
.jpg)
Professional bokschi Isroil Madrimov meksikalik Alexandro Barreraga qarshi jangdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
“Bu men uchun dastlabki katta qadam. Gennadiy Golovkinning yo'lidan ketmoqchiman. Raqib chidamli ekan. Unga qarshi bahsga ikki oy tayyorgarlik ko'rdim, uning janglarini tomosha qildim. Jang qildim, bahsni beshinchi raundda yakunladim.
Jang mobaynida o'z uslubimni topib oldim va bahsni o'z foydamga hal qildim. Eng avvalo chiroyli boks ko'rsatishga harakat qildim.
Men boshidanoq sensatsiya qilishga tayyor edim. Meni qo'llab-quvvatlab turgan barchaga minnatdorchilik bildiraman", dedi Madrimov.
Eslatib o'tamiz, Isroil Madrimov jangning beshinchi raundida raqibi meksikalik Alexandro Barrerani nokautga uchratdi.

Bosh sahifaga
241