Kroos «Granadaga» qarshi o'yinda jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 516

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Toni Kroos Ispaniya chempionatining 8-turidan o'rin olgan “Granada”ga qarshi o'yinda jarohat olib safdan chiqdi.
Havbek uchrashuvni davom ettira olmadi va maydonni 34-daqiqada tark etdi. Uning o'rniga Luka Modrich maydonga tushdi.
29 yoshli Kroos joriy mavsum “Real” safida eng ko'p o'ynayotgan futbolchi bo'lib turgan edi.
Ma'lumot uchun, ayni damda madridliklarning jarohat olgan futbolchilar soni 6taga etdi. Avvalroq, Kroos, Ferlan Mendi, Nacho Fernandes, Marselo, Tibo Kurtua va Marko Asensiolar jarohat olgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239