Madrimov nokautli seriyani davom ettirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 459

Hamyurtimiz Isroil Madrimov bugun AQShda proffesional boksdagi navbatdagi jangini o'tkazdi.
Mashhur "Madison Square Garden" arenasidagi jang Madrimov uchun professional faoliyatidagi to'rtinchisi edi. Mazkur bahsda hamyurtimizga meksikalik Alexandro Barrera raqiblik qildi.
10 raundga mo'ljallangan jang 5 raund davom etdi. Bokschimiz birinchi raundda raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Beshinchi raundda esa o'zining ketma-ket zarbalari evaziga raqibini muvozanatdan chiqardi. Aynan o'sha pallada referi jangni to'xtatdi. Shu tariqa, Madrimov faoliyatidagi to'rtinchi jangini ham nokautli g'alaba bilan yakunladi.
Shu tariqa, Isroil o'ziga tegishli WBA InterContinental kamarini himoya qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
240