Loris qo'rqinchli jarohat oldi (video)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1205

«Tottenhem» darvozaboni Ugo Loris APL 8-turidan o'rin olgan «Brayton»ga (0:3) qarshi o'yinda chap qo'lidan jarohat oldi.
Uchinchi daqiqada posbon havodan oshirilgan to'pni ushlab qololmadi va noqulay tarzda yiqildi. Raqib hujumchisi Nil Mope esa bo'sh qolgan darvozaga gol urdi. Keyinchalik Lorisning bu vaziyatda jarohat olgani ma'lum bo'ldi.
Maydonga tushgan tibbiyot xodimlari unga kislorod maska taqqan holda zambilda olib chiqib ketishdi. Uning o'rniga esa Paulo Gazzaniga tushirildi.
Barcha fikrlar: 1


chaki buldi
5 Oktyabr 2019, 22:20
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239