Bugun Yodgoroy Mirzaeva hamda Mavluda Mavlonova JChda ringga chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 356

Rossiyaning Ulan-Ude shahrida boks bo'yicha ayollar o'rtasida jahon chempionati davom etadi. Bugun ham navbatdagi saralash bosqichi doirasida ikki nafar vakilimiz ringga ko'tariladi.
Ular orasida Rio Olimpiadasi ishtirkochisi Yodgoroy Mirzaeva (-57 kg) hamda Mavluda Mavlonova (-75 kg)ni uchratish mumkin. Bugungi dasturda Mirzaeva Belarus, Mavlonova esa Xitoy jamoasi vakiliga qarshi jang olib boradi.
-57 kg: Yodgoroy Mirzaeva – Xelina Bryuevich (Belarus)
-75 kg: Mavluda Mavlonova – Lu Jeng (Xitoy)
Eslatib o'tamiz, kechagi bellashuvlar yakuni bo'yicha -69 kilogramm vazn toifasidagi hamyurtimiz Shahnoza Yusupova tojikistonlik raqibini mag'lub etgan bo'lsa, Farangiz Hoshimova (-57 kg) amerikalik bokschiga imkoniyatni boy berib qo'ygan.

Bosh sahifaga
274