«Napoli» Anchelottini iste'foga chiqarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 392

"Napoli" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yaqin orada o'z lavozimini tark etishi mumkin.
Corriere dello Sport tarqatgan xabarga ko'ra, neapolliklar xo'jayini Aurelio de Laurentis jamoaning natijalaridan qoniqish hosil qilmayapti. "Napoli" yakshanba kuni "Torino"ni mag'lub etmasa, Anchelotti iste'foga chiqariladi.
"Napoli" Italiya chempionatining 6ta turidan keyin 12 ochko bilan 4-o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam "Inter" 6 ochko ortda qolmoqda.
Neapolliklar EChLning dastlabki 2ta turidan keyin 4 ochko bilan guruh peshqadami bo'lib turishibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200