UEFA «Liverpul»ni jarimaga tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1082

UEFA «Liverpul» klubini Evropa chempionlar ligasining 2-turi doirasida bo'lib o'tgan «Red Bull»ga qarshi o'yin (4:3) yakuni bo'yicha jazolashga qaror qildi.
Mersisaydliklar muxlisi o'yindan keyin o'yinchilardan futbolka so'rash maqsadida maydonga yugurib chiqdi. Bundan tashqari, ishqiboz maydondan qochib chiqishga uringan paytda maxsus xizmat xodimlari tomonidan ushlandi.
Bunday qoidabuzarlik ushbu mavsumda «Enfild»da ilk marta sodir bo'lgani uchun jamoa 5 ming evro miqdorida jarimaga tortildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258