Velotrekchilarimiz Osiyo kubogini to'rtta medal bilan boshlashdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 492

Bugun Tailandning Supxan Buri shahrida velotrek bo'yicha Osiyo kubogining navbatdagi bosqichi start oldi. Birinchi kun bellashuvlari terma jamoamiz uchun sermahsul o'tib, vakillarimiz kun davomida 4 ta bronza medalini jamg'ardilar.
Kattalar toifasida Renata Baymetova hamda o'smirlarda Begzod Rahimboev skretch yo'nalishida shohsupaning uchinchi pog'onasiga ko'tarilgan bo'lsa, Yanina Kuskova o'smirlar o'rtasida birato'la 2 yo'nalishda bronza medali sohibiga aylandi. Musobaqaning ertanggi kun bellashuvlarida ham vakillarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki kutilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
198