Jahon chempioniga yangi uy sovg'a qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2793

Boks bo'yicha Rossiyaning Ekaterinburg shahrida o'tkazilgan jahon chempionatida -57 vazn toifasida bosh sovrinni qo'lga kiritgan Mirazizbek Mirzahalilovga uy sovg'a qilindi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.
Ma'lum bo'lishicha, Farg'ona viloyati hokimligi jahon chempionatining oltin medali sohibi bo'lgan Mirazizbekka Farg'ona shahrida qad rostlagan yangi xonadonlardan birini sovg'a qilgan.
Eslatib o'tamiz, Mirazizbek Mirzahalilov prezidentning 27 sentyabrdagi farmoni bilan “O'zbekiston iftixori” unvoni bilan taqdirlangandi. Oldinroq esa federatsiya tomonidan Chevrolet Tracker avtomobili bilan mukofotlangandi
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
173