Ozarboyjon futbol federatsiyasi UEFAga shikoyat yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 586

Ozarboyjon futbol federatsiyasi UEFAga shikoyat yuborib, Evropa ligasi 2-turi doirasida bo'lib o'tgan «Dyudelanj» – «Qorabog'» o'yinida (1:4) ro'y bergan voqea yuzasidan ma'lumot berdi.
Mazkur uchrashuvning 31-daqiqasida Lyuksemburgdagi stadion uzra Tog'li Qorabog' Respublikasi bayrog'i ilingan dron paydo bo'ldi.
Bokulik futbolchilar to'p bilan dronni urib tushirishga harakat qilishdi. Hakam esa o'yinni to'xtatib qo'ydi va jamoalarni tribuna ostiga olib chiqib ketdi.
O'yin 20 daqiqa o'tib qayta davom ettirildi.

Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
396