«Bunyodkor-2011» xalqaro musobaqani durang bilan boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 370

Tarbiyalanuvchilarimiz bugun xalqaro musobaqani mahalliy «Irtish-1»ga qarshi o'tkazdi. Pavlodarliklarga qarshi o'yin gollarga boy tarzda o'tib, unda tomonlar uch martadan muvaffaqiyat qozonishdi. Oltita gol kiritilgan uchrashuvda durang qayd etildi.
Eslatib o'tamiz, «Bunyodkor-2011» ertaga turnirning ikkinchi uchrashuvini Toldiqo'rg'onning BO'SM tarbiyalanuvchilariga qarshi o'tkazadi.
XALQARO TURNIR
«IRTISh-1» (Qozog'iston) – «BUNYoDKOR-2011» - 3:3
«Bunyodkor-2011»: Abdulloh Alisherov, Sarvarbek Azimjonov, Abduvosit Sharofuddinov, Mustafo Ahmatullaev, Kamron Qahramonov, Muhammadamin Qahramonov, Mohir Sharofuddinov.
Zaxiradagilar: Voris Qudratov, Iskandar Amirov, Jasur Bahodirov, Islombek Rashidov, Sunnatilla Soyilboev, Muhammadrizo Ahmadjonov, Avazbek Mirahmedov.
Gollar: Mustafo Ahmatullaev, Sunnatilla Soyilbov, Abduvosit Sharofuddinov.

Bosh sahifaga
393