Ekaterina Voronina jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 347

Qatarning Doxa shahrida engil atletika bo'yicha jahon chempionati o'z poyoniga etib bormoqda. Kecha tunda terma jamoamiz vakili Ekaterina Voronina etti kurash bahslaridagi ishtirokini yakunladi.
Hamyurtimiz bahslar davomida jami 6099 ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi. Bu natija bilan yurtdoshimiz kuchli o'ntalikdan joy oldi. Voronina bu yo'nalishda Olimpiada normativini bajara olmagan (6420) bo'lsa ham, jahon reytingdagi pog'onasini ancha yaxshilab oladi. Quyida yurtdoshimizning turli yo'nalishlarda qayd etgan natijasini havola qilamiz:
100 metr to'siqlar osha: 14.64 sekund (890 ochko)
Balandlikka sakrash: 1.80 metr (978)
Yadro uloqtirish: 13.66 (771)
200 metr: 25.03 (884)
Uzunlikka sakrash: 5.83 metr (798)
Nayza uloqtirish: 51.60 metr (891)
800 metr: 2:15.40 (887)

Bosh sahifaga
292